Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobod tumani Samarqand viloyatida birinchi bo‘lib paxta topshirish rejasini bajardi

Nurobodlik paxtakorlar Samarqand viloyatida birinchi bo‘lib joriy 2019 yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejasini 101 foizga bajarib, fermer xo‘jaliklari tomonidan mo‘l hosilli paxta xirmonini bunyod etishdi.

Tumandagi 28 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 600 gektar maydonda paxta hosili yetishtirildi. G‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirishda avvalo hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minoti hamda sohaning yetakchi mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, shuningdek, klaster korxonalari mutaxassislarining takliflari inobatga olinib, g‘o‘zaning «Buxoro-102» navi ekildi va agrotexnik tadbirlarga muhim e’tibor qaratildi.

Joriy yilda tumanda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Kattaqo‘rg‘on klaster”, “Samarqand kamalak invest” paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil qilinib, jami 28 ta fermer xo‘jaliklari unga biriktirildi. Mazkur fermer xo‘jaliklarining 600 gektar maydoniga chigit ekishdan tortib, hosilini yig‘ib-terib olishgacha bo‘lgan jarayonlardagi barcha tashkiliy va moliyaviy masalalar korxona tomonidan muvofiqlashtirilib borildi. Bu esa sohada haqiqiy bozor munosabatlarini o‘rnatib, yuqori natijalarga erishishga sabab bo‘ldi.