Nuroboddagi Sazag‘on mahallasini parrandachilikka ixtisoslashtirish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi

Nurobod tumani hokimligi, tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi, ATB “Xalq banki” filiali, veterinariya bo‘limi va tomorqa xizmati ishtirokida parrandachilikka ixtisoslashgan “The Lion King” MChJ binosida Sazag‘on mahallasini parrandachilikka ixtisoslashtirish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv-seminarni tashkil etishdan maqsad mahalla aholisini parrandachilik sohasi bilan shug‘ullanishga o‘rgatish, o‘zining qo‘shimcha daromad manbaini yaratish va bandligini ta’minlashdan iborat.
Bugungi kunda mahalladagi parrandachilikka ixtisoslashgan “The Lion King” MChJda 3000 bosh broyler tovuqlari yetishtirilmoqda. Mazkur MChJ tumandagi tomorqa xizmatlari bilan birgalikda aholiga broyler jo‘jalarini yetkazib berish hamda fuqarolarda parrandachilik tajriba va ko‘nikmalarini hosil qilishda amaliy yordam berib kelmoqda.
Tuman hokimi F.Zoirov hamrohligida mutaxassislar mahalladagi aholi xonadonlarida bo‘lib, parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha tushunchalar berishdi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.