Odam urib yuborgan “Damas” topildi

2019 yil 19 apreldan 20 aprelga o‘tar kechasi Samarqand tumani Sho‘rboi mahallasi hududidan o‘tuvchi “M-39” avtomobil yo‘lining “Toshkent-Termiz” yo‘nalishida noma’lum “Damas” rusumli avtomashina Andijoni mahallasida yashovchi fuqaro M.Majidovni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan jinoyat qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor tergov-surishtiruv ishlari natijasida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan shaxs aniqlandi. Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro N.R. o‘zining boshqaruvidagi “Damas” rusumli, 75 U 696 KA davlat belgili avtomashinasida M.Majidovni urib yuborib, qochib ketganligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati.