Odamlar hisobidan daromad olyapsizmi, ularning hurmatini joyiga qo‘ying

Yurtimizda koronavirus qayd etilgach, ayrim bozor va oziq-ovqat do‘konlarida uzundan-uzun navbatlar kuzatila boshlandi.

Ba’zi joylarda tadbirkorlar aholi talabi oshganidan foydalanib, oziq-ovqat va birlamchi iste’mol mahsulotlari narxini oshirib sotishga urinmoqda. Aholi mahsulotlarning taqchilligi yoki narxlarning oshib ketishidan xavotirga tushib, kunlik ehtiyojlaridan ziyod yeguliklarni jamlab olishga intilayotir.

Samarqand shahar “Lohutiy” jome masjidi imom-xatibi O‘tkir Umrqulov shahardagi “Marmar dehqon bozori”da bo‘lib, sotuvchi va xaridorlarga bugungi vaziyatni og‘irlik, bosiqlik, sabr va intizom bilan yengib o‘tishga, mutaxassislarning ko‘rsatmalariga rioya qilish, sotuvchilarning narx-navolarni sun’iy oshirishga intilmasliklari, o‘z navbatida, aholi tomonidan ham xarid qilishda me’yor bilan ish ko‘rishlari haqida tushunchalar berdi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi axborot xizmati.