"Ko‘mir ta’minot"ning aytadigan gapi yo‘qmi?
- 22.11.2023 16:31
- 564
- Dolzarb
Keyingi kunlarda aholiga ko‘mir mahsulotlari tarqatishda turli qonunbuzarlik holatlari sodir etilgani haqida ko‘plab xabarlar tarqaldi. Jumladan, Samarqand viloyatida ham ayrim ko‘mir omborlarida aholiga berilishi kerak bo‘lgan mahsulot qing‘ir yo‘llar bilan bozorga chiqib ketgani aytildi.
Ammo bu haqda "Samarqand ko‘mir ta’minoti" mas’ullari tomonidan na izoh, na munosabat berildi.
Umuman, viloyatda bu yilgi mavsumda aholiga va ijtimoiy soha tashkilotlariga qachon, qancha miqdorda ko‘mir mahsulotlari tarqatilgani yoki bu jarayon haqida OAVga ma’lumot berilmayotganini qanday izohlash mumkin?
Nima, bu tashkilotning aholiga aytadigan gapi yo‘qmi?
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qat’iyat ortidagi ulkan muvaffaqiyat
- Kecha, 16:50
- O'qing, qiziq!
Samarqand marafoni g‘oliblari aniq bo‘ldi
- Kecha, 13:08
- Sport
Mutolaa: Xazina. Hikoya
- 02/11, 21:14
- Mutolaa