Maymunchechak bilan kasallanganlar 92 nafarga yetdi

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qilishicha, odamlarda maymunchechak bilan kasallanish holatlari ko‘paymoqda. Bugungi kunda ular 92 nafarga yetgan.

“Hozirgacha ushbu kasallik bilan bog‘liq o‘lim holatlari qayd etilmadi”, deyiladi tashkilot bayonotida.

21 mayga qadar JSST 12 ta endemik bo‘lmagan a’zo mamlakatlardan maymunchechakning laboratoriya tomonidan tasdiqlangan 92 holati to‘g‘risida hisobot oldi. 28 holat tekshirilmoqda.

Portugaliyada olingan namunadagi genom ketma-ketligi, shuningdek, 2018 va 2019 yillarda Nigeriyadan Buyuk Britaniya, Isroil va Singapurga olib kelingan holatlar bilan hozirgi epidemiyaga sabab bo‘lgan maymunchechak virusi birbiriga yaqin ekanligi haqida xabar berilgan.

Maymunchechak belgilari bir necha hafta ichida yo‘qoladi, ammo ba’zi hollarda tibbiy asoratlar qolishi va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya, Fransiya, Avstraliya, Kanada, Germaniya, Gollandiya, Shveysariya va Ispaniya kabi bir qator mamlakatlarda odamlar kasallanish holatlari aniqlangan.