JSST rahbari maymunchechak tarqalishini xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb atadi
- 24.07.2022 13:00
- 43
- Xorij
Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Gebreysus JSST favqulodda qo‘mitasining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytdi.
“Men maymunchechakning global epidemiyasi jamoat salomatligi uchun xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb qaror qildim”, — deya JSST rahbarining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Shu bilan birga, qo‘mita bu masala bo‘yicha konsensusga erisha olmadi.
JSST rahbari maymunchechakning avj olishi Yevropadan tashqari dunyoning barcha mintaqalari uchun o‘rtacha xavf tug‘dirishini ta’kidladi. Uning fikricha, Yevropa mamlakatlarida infeksiya xavfi juda yuqori.
“JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymunchechak butun dunyo bo‘ylab va barcha mintaqalarda o‘rtacha xavf tug‘dirmoqda, biz xavfni yuqori deb baholayotgan Yevropa mintaqasi bundan mustasno”, — dedi Gebreyesus.