Maymunchechak Janubiy Koreyaga yetib keldi, shu kuni JSST bu kasallikni pandemiya deb e’lon qildi
Janubiy Koreyada maymunchechak bilan kasallangan birinchi holat tasdiqlandi, deb xabar berdi "Renxap" axborot agentligi.
Mamlakatda karantin va profilaktika choralari kuchaytirilmoqda. Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yel sog‘liqni saqlash organlarini "mavjud vaksina va davolash usullarini tezda joriy etishga to‘liq tayyor bo‘lishga" chaqirdi.
Keyingi kunlarda bu kasallikning tarqalishi jiddiylashayotgani bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kecha, 23 iyundan boshlab maymunchechakni pandemiya deb e’lon qildi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.
Tashkilot maymunchechak epidemiyasini global sog‘liqni saqlash uchun favqulodda holat deb e’lon qildi. Epidemiyaning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun virus tarqaladigan joylarda zudlik bilan choralar ko‘rish orqali kasallikni bartaraf etish zarurligi aytilmoqda.
Tarmoq vakillarining aniqlik kiritishicha, ayni damda 58 ta davlatda yuqtirish holatlari aniqlangan, ularning umumiy soni 3417 tadan oshgan va infeksiya tarqalish darajasi har hafta oshib bormoqda.