O‘g‘irlik sodir etgan bulung‘urlik 24 yoshli yigit qo‘lga olindi

Joriy yilning 26 iyul soat 20:30 larda Samarqand shahri Islom Karimov ko‘chasi yo‘nalishi bo‘ylab jamoat tartibini saqlash bo‘yicha patrul xizmatida bo‘lgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘zini shubhali harakatlari bilan ko‘zga tashlangan fuqaroni to‘xtatib, holat bo‘yicha navbatchilik qismiga xabar qilgan.

Avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi orqali ushbu fuqaro to‘g‘risidagi ma’lumotlar tekshirilganda, u 1996 yil Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan A.R. ekanligi, unga nisbatan 2020 yil 4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2020 yil 21 aprel kuni qidiruv e’lon qilinganligi aniqlandi.

Ushbu fuqaro bilan tushuntirish ishlari olib borilib, Samarqand viloyati IIOFMB JQBga o‘rnatilgan tartibda topshirildi, deb xabar berdi Milliy gvardiya matbuot xizmati.