Olimlar grippga qarshi emlashning kutilmagan natijasini aniqladi

Olimlar grippga qarshi emlashning kutilmagan natijasini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Amerika kardiologiya assotsiatsiyasi veb-saytida e’lon qilindi.

Mutaxassislar emlanganlarda yurak-qon tomir kasalliklari tufayli o‘lim holati boshqa bemorlarga qaraganda 18 foizga kamligini aniqlashdi. Shuningdek, emlangan kishilarda yurak bilan bog‘liq muammolar 13 foizga, boshqa kasalliklardan o‘lim xavfi 28 foizga kamligi ma’lum bo‘ldi.

Oldinroq grippga qarshi vaksina tananing qo‘shimcha himoya vositasi sifatida koronavirusga qarshi ham samarali ekanligi haqida xabar berilgan edi. Biologiya fanlari doktori, Jorj Meyson universiteti (AQSh) tizimli biologiya maktabi professori Ancha Baranovaning aytishicha, grippga qarshi vaksina koronavirusga qarshi himoya vositasini shakllantiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday virusli infeksiya boshqa virusli infeksiyaga qarshi T-hujayra immuniteti darajasida o‘ziga xos bo‘lmagan o‘zaro himoya hosil qilishi kuzatilgan.