Olimlar muntazam paratsetamol qabul qilishning zararli oqibatlarini aniqladi
Paratsetamoldan uzoq muddat foydalanish qon bosimi yuqori bo‘lgan bemorlarda yurak xastaligi va insult ehtimolini oshiradi. Bu haqda Edinburg universiteti mutaxassislarining tadqiqot ma’lumotlariga tayanib, Circulation jurnali xabar bermoqda.
Tadqiqotda yuqori qon bosimiga ega bo‘lgan 110 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Ikki hafta davomida ular kuniga to‘rt marta paratsetamol, boshqalari esa platsebo qabul qilishdi. Shu bilan birga, sub’yektlarning uchdan ikki qismi ham qon bosimi tushirish uchun dorilarni ichishgan. Natijada, sub’yektlarda o‘rtacha qon bosimi ortishi aniqlandi. Tadqiqot ishtirokchilari preparatni qabul qilishni to‘xtatgachgina qon bosimi me’yorga tushdi.
Mutaxassislarning fikricha, paratsetamoldan muntazam foydalanish yurak xastaligi yoki insult xavfini taxminan 20 foizga oshirishi mumkin.
Avvalroq paratsetamol qabul qilish jigarga zararligi haqida ma’lum bo‘lgan edi. Bundan tashqari shishiq, qabariq bilan kechadigan allergik qizil toshma qo‘zg‘atishi mumkin.
Yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lmagan, atsetaminofen sifatida ham ma’lum paratsetamol isitma, yengil va o‘rtacha og‘riqlar uchun keng qo‘llaniladi. Markaziy asab tizimidagi siklooksigenazni bloklaydi, og‘riq va tana issiqligi markazlariga ta’sir qiladi.
Paratsetamol Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hayotiy muhim dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan.