Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ona tilim – jonu dilim

Samarqand shahridagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ana shu mavzuda tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda maktabning o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari ona tilimizning tarixi, uning rivojlanish bosqichlari xususida so‘z yuritishdi. O‘quvchilar Alisher Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Abdulla Qodiriy kabi tilimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shgan yozuvchi va shoirlar timsolida badiiy chiqishlarini namoyish etishdi.

- Bu kabi tadbirlar o‘quvchilarda ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshiradi, - deydi maktab direktori Guljahon Rahmatova. – Shu tufayli maktabimizda har bir tadbirni mazmunli o‘tkazishga e’tibor qaratamiz. Negaki, bu tadbirlar o‘quvchilar onggida uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Nigora AHMEDOVA.