OPEK+ neft muammosi bo‘yicha kelishuvga erishdi
OPEK+ (neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti) yakuniy kelishuvga erishdi. Bu haqda 12 aprel kuni kechqurun Quvayt neft vaziri o‘zining Tviter sahifasida ma’lum qildi.
Al-Quvayt vakili yangi bitimni tarixiy voqea deya atadi. Uning ta’kidlashicha, 1 maydan boshlab bir kecha-kunduzdagi neft ishlab chiqarish hajmi deyarli 10 million barrelgacha qisqaradi.
Eron neft vazirligi alyans ishtirokchilari may-iyun oylarida neft ishlab chiqarish 9.7 million barrelga qisqarishi tug‘risida kelishuvga erishganlarini ma’lum qilib, raqamlarga aniqlik kiritdi.
U tufayli OPEK+ kelishuvga erisholmayotgan Meksika ham kelishuvdagi ishtirokini tasdiqladi. Kelishuvga asosan, Meksika ishlab chiqarishni 100 ming barrelga qisqartiradigan bo‘ldi. Meksika tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchilikning o‘rnini to‘ldirish uchun AQSh ishlab chiqarishni 300 ming barrelga qisqartirishga rozi bo‘ldi.
OPEK+ may oyidan boshlab neft ishlab chiqarish bir kecha-kunduzda 19 million barrelgacha tushishini taxmin qilmoqda.
Mart oyining boshida OPEK+ kelishuvga erisha olmagan edi. 1 apreldan boshlab ishtirokchilardagi majburiyatlar bekor qilingani ma’lum bo‘lganidan so‘ng Saudiya Arabistoni neft ishlab chiqarish hajmini oshirishni va neft narxini pasaytirishni e’lon qildi va buning oqibatida dunyo birjasidagi neft kotirovkalari tushib ketdi.