Oqdaryoda bog‘chalar soni bittaga ko‘paydi
- 06.01.2019 16:48
- 85
- Ta’lim

Oqdaryo tumani Turon mahallasida "Obod qishloq" dasturi doirasida mukammal ta’mirdan chiqqan 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi.
150 o‘ringa mo‘ljallangan muassasa barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Oshxona, yuvinish xonasi, yotoqxona va bolalar maydonchalari zamonaviy talablarga mos tarzda qurilgan.
– O‘zim tadbirkorman, – deydi shu mahallada yashovchi Maqsuda Mardiyeva. – Farzandlarim yosh. Ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanib, tadbirkorlik qilishda qiynalardim. Bugun Yangiqo‘rg‘on qishlog‘imizda ochilgan bog‘cha barchamiz uchun qulaylik yaratadigan bo‘ldi. Muassasaning yumshoq mebellar, bolalar uchun maxsus yotoq o‘rinlari, tibbiy asbob-uskunalar, musiqiy asboblar hamda turli xil o‘yinchoqlar bilan ta’minlangani hammamizni quvontirdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Shifobaxsh" olma
- Kecha, 13:46
- Mutolaa
Dunyodagi g‘ayrioddiy kinoteatrlar
- 06/09, 14:39
- O'qing, qiziq!
Noqonuniy qurilishlarga barham beriladi(mi?)
- 06/09, 10:39
- Samarqand