O‘quv va talabalar turar joyining yangi binolari foydalanishga topshirildi
- 29.09.2024 11:19
- 89
- Jamiyat
2022 yil mayda SamDU Kattaqo‘rg‘on filialining yangi o‘quv hamda talabalar turar joyining yangi binolarini qurish boshlangan edi. Bu ishlarga 74 milliard so‘m ajratilgan.
Bugungi kunga kelib 4 ming o‘rinli o‘quv binosi, 500 o‘rinli talabalar turar joyi qurib bitkazildi.
Mazkur binolarning ochilish marosimida SamDU rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, senator R.Xolmurodov, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, 4 yil faoliyat olib borayotgan filialda 2504 nafar talaba 21 ta yo‘nalishda tahsil olmoqda. Ularga asosiy shtatda 108 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda. Yangi o‘quv binosida 4 ta kompyuter xonasi, 5 ta biologiya, fizika va kimyo laboratoriyalari, o‘nlab elektron doska hamda proektor, televizorlar bilan jihozlangan auditoriyalar mavjud.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bank tizimi korrupsiyadan xolimi?
- Bugun, 17:13
- Samarqand
Ozarbayjon NNTlari - Samarqandda
- Bugun, 14:09
- Samarqand