O‘tgan yili sudlangan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi sobiq bog‘cha mudirasi oqlandi

Oqlov unga nisbatan jinoyat ishining ayrim epizodlari bo‘yicha chiqarilgan. U bunga erishish uchun Oliy sudgacha arz qilishiga to‘g‘ri kelgan.

Unga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari - 20 million 273 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, 1 yil muddatga davlat organlari, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum
qilingan.

Darvoqe, sobiq mudira dastlabki sud hujjatiga asosan 5 oy 19 kun ozodlikni cheklash jazosini o‘tagan. Uning har bir kuni bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismiga tenglashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 85 (sakson besh) baravari, ya’ni 17 million 232 ming 50 so‘m tayinlangan jarima jazosidan chegirilgan.

Ayblanuvchi 3 million 40 ming 950 so‘m jarima to‘laydi.
Sud hukmining jinoyat oqibatida yetkazilgan 45390103 so‘m moddiy zararni sudlanuvchi hisobidan Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi foydasiga undirish qismi bekor qilingan.