OTMlarda yangi o‘quv yili an’anaviy shaklda boshlanishiga munosabat bildirildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vatbuot xizmati xabariga ko‘ra, OTMlarning pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda ta’lim jarayonini an’anaviy (oflayn) tarzda tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, tegishli ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha yakuniy xulosa tasdiqlangandan so‘ng, rasmiy tarzda e’lon qilinadi.

Vazirlik talabalardan sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini, vaksinatsiya jarayonida faol ishtirok etishlarini so‘ragan.