Ozarbayjon va Armaniston sulh tuzishga erishdi
- 10.10.2020 14:00
- 403
- Xorij
Moskvada o‘tkazilgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, Ozarbayjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
Kelishuv rejimi Qizil Xoch vositachiligida harbiy asirlarni, hibsga olingan boshqa shaxslarni va halok bo‘lganlar jasadlarini almashtirish bilan boshlanib, 10 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 dan e’tiboran kuchga kiradi. O‘t ochishni bekor qilishning aniq parametrlari alohida kelishib olinadi.
Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Zograb Mnatsakanyan, Jeyxun Bayramov va Sergey Lavrov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar 9 oktyabr kuni boshlanib, 10 oktyabrga o‘tar kechasi yakunlandi. Muzokaralar o‘n soatdan ortiq davom etdi.
Mnatsakanyan va Bayramov Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan, 9 oktyabr kuni Moskvaga yetib kelishdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa