O‘zbek jang san’atida ta’til bo‘lmaydi
Samarqanddagi “Alpomish” sport majmuasida bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi.
- Bizning sport turida tanaffus bo‘lmaydi, - dedi federatsiya bosh murabbiysi Halim Yusupov. – Pandemiya davrida ham yoshlar o‘z xonadonlarida mashg‘ulotni davom ettirishdi. Murabbiylar onlayn tarzda ularning mahoratini kuzatib bordi. Qishki ta’tilda ham saboqlarni kanda qilmaymiz.
Darvoqe, o‘zbek jang san’ati federatsiyasining ikki a’zosi – Burxon Toshkentov va Alijon Yusupov o‘tgan oyda respublika birinchiligida g‘oliblikni egallab, sport ustasi bo‘ldi.
Musaboqa g‘oliblariga diplom va edalik sovg‘alarini federatsiya viloyat bo‘limi faxriy raisi, senator F.Toshev topshirdi.
O‘lmas SAYDINOV.