Sog‘lom kishilarni jinnixonaga joylagan haydovchi

* Bo‘lgan voqea
Mahalliy haydovchiga 20 nafar xavfli ruhiy kasalni bir psixiatriya shifoxonasidan boshqasiga o‘tkazish vazifasi yuklandi. Tashqarida havo 40 daraja issiq. Haydovchi bir qadah pivo ichib, chanqog‘ini qondirish uchun yo‘l yoqasidagi ichmakxonaga to‘xtadi.
Haydovchi chanqog‘ini “qondirayotgan” paytda, avtobusdagi yo‘lovchilar har tomonga qochishdi. Mahalliy qonunlarga ko‘ra, bu ishi uchun haydovchini o‘lim jazosi kutayotgandi.
Biroq u xafa bo‘lmadi, bosiqlik bilan bo‘sh avtobusni boshqarib, shahar bo‘ylab yo‘lovchilar kutayotgan bekatga bordi va ularga bugun Zimbabve hukumati shahar aholisi uchun bepul avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yganini aytdi. U bamaylixotir yigirma kishini yig‘ib, avtobus eshiklarini yopdi va klinikaga yo‘l oldi.
Belgilangan manzilga yetib borgach, haydovchi shifoxona xodimlarini «jinni»lar o‘ta g‘azablanganligi va ular turli fantastik hikoyalar va bo‘lmagan gaplarni aytib berishlari mumkinligidan ogohlantirdi.
Masalaga oydinlik kiritilguncha odamlar taxminan bir hafta davomida ruhiy kasalxonada ushlab turildi. Soppa-sog‘ odamlarning klinika xodimlariga jinni emasligini qanday qilib tushuntirganini tasavvur qila olasizmi?
Barcha «kasallar» bir xil voqeani aytib berganida, shubhalar o‘z-o‘zidan yo‘qoldi. Haqiqiy bemorlarga kelsak, hech kim ular haqida xabar topishmadi. Aftidan, ular jamiyatga singib ketgan ko‘rinadi. Haydovchi esa izsiz g‘oyib bo‘ldi.