Yiliga 300 kun yomg‘ir yog‘adigan shaharcha

Hindistonning Meghalaya shtatidagi Mavsinram shaharchasi yer yuzidagi eng nam joy hisoblanadi. Bu kichik shaharchada yiliga deyarli 300 kun yomg‘ir yog‘adi.

Bu yerdagi yillik yog‘ingarchilik 11 871 millimetr (dunyo bo‘ylab o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik taxminan 954 millimetrni tashkil etadi)ga yetadi. Bu raqam hududni noyob tabiiy zonaga aylantiradi, deb xabar beradi “Belnovosti”. Mavsinramning Shillong platosida, Bengal ko‘rfazidagi kuchli mussonlar yo‘lidagi geografik joylashuvi uning o‘ta namgarchiligini ta’minlaydi.

Tog‘ yonbag‘riga to‘qnash kelgan nam havo massalari keskin yuqoriga ko‘tarilib, oylar davomida kuchli kondensatsiya va doimiy yog‘ingarchilikni keltirib chiqaradi.

Yomg‘irli mavsum iyundan sentyabrgacha davom etsa-da, shaharchadan deyarli yil davomida yog‘ingarchilik arimayda. Nisbatan quruq oylarda ham bu yerda tuman tushadi, yomg‘ir yog‘adi.

Qishloq atrofidagi doimiy namlik g‘ayrioddiy yam-yashillikni hosil qiladi. Tropik o‘rmonlar ham xilma-xil. Mavsinram aholisi ekstremal sharoitlarga moslashgan. Mustahkam uylar quradi, o‘ziga xos dehqonchilik usullaridan foydalanadi.

Mahalliy diqqatga sazovor joylardan biri bu “tirik ko‘priklar” bo‘lib, ular kauchukli fikus daraxtlar ildizlarini daryolar bo‘ylab yo‘naltirish orqali yaratilgan. Ushbu tabiiy tuzilmalar har qanday sun’iy materiallardan ko‘ra kuchli yomg‘irlarga bardosh bera oladi.

Murakkab iqlimga qaramay, Mavsinram sayyohlar, ekstremal turizm ixlosmandlari va olimlarni o‘ziga jalb qiladi. Uning noyob ekotizimi tadqiqotchilarda katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda.