O‘zbekiston fuqarosi Polshadagi fojiali YTHda aybdor bo‘lib chiqdi
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 22 iyun kuni Polshaning Ostrov Mazovetski shahri yaqinidagi avtomobil yo‘lida O‘zbekiston fuqarolari A.M. va J.Dj. ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berib, uning oqibatida ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ostrov Mazovetski shahri politsiyasi axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi, avtomobil haydovchisi A.M.ga nisbatan “ikki kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan yo‘l harakati qoidalarini buzish” ayblovi e’lon qilinib, uni sudga qadar tergov izolyatoriga joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Yo‘lovchi, O‘zbekiston fuqarosi J.Dj.ga tibbiy yordam ko‘rsatilib, u guvoh sifatida so‘roq qilingan.
Elchixona vaziyatni nazoratga olgan.
Konsullik-huquqiy departament Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda O‘zbekistonning Varshava shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +48-22-894-62-30 (2)