“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK 50 foizlik chegirmalar e’lon qildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Navro‘z bayrami munosabati bilan 2019 yilning 21-24 mart bahorgi dam olish kunlari barcha yo‘lovchilar uchun ichki yo‘nalishlardagi qatnovlarga bayram chegirmalari e’lon qildi. Bu haqda  kompaniyaning rasmiy sayti xabar beradi.

Unga ko‘ra, individual (yolg‘iz) yo‘lovchilar uchun 30 foiz, sayyohlik guruhlari (5 va undan ko‘p kishi), o‘quvchilar, talabalar, maxsus o‘quv kurslari tinglovchilari uchun 40 foiz, oilalar (2 va undan ko‘p kishi), nafaqaxo‘rlar va nogironlar, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES avariyasini bartaraf etishda qatnashganlar uchun 50 foiz chegirmalar taqdim etiladi.