«Ural Airlines» O‘zbekistonga parvozlarni tiklamoqda
Rossiyaning «Ural Airlines» aviakompaniyasi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam qatnovlarni tiklamoqda. Birinchi yo‘lovchi reysi 2024 yil 13 yanvarga mo‘ljallangan.
Aviakompaniya "Airbus A320" va "Airbus A321" kabi samolyotlarda beshta yo‘nalishda parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
"Yekaterinburg — Samarqand — Yekaterinburg" yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta - seshanba va juma kunlari, "Moskva — Namangan — Moskva" yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta - dushanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
"Moskva — Toshkent — Moskva" yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar har kuni, "Moskva — Qarshi — Moskva" yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada uch marta - seshanba, payshanba va shanba kunlari, "Samara — Urganch — Samara" yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta - payshanba kuni amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun: «Ural Airlines» aviakompaniyasi bosh qarorgohi Yekaterinburgda (Rossiya) joylashgan. Aviakompaniya Rossiyadagi eng yirik beshta aviatashuvchilardan biri hisoblanadi.