Turkiya milliy aviakompaniyasi dovul tufayli 40 ga yaqin aviareyslarni bekor qildi
- 23.11.2024 11:39
- 74
- Xorij
Parvozlar bugun, 23 noyabrda Istanbulda kutilayotgan kuchli bo‘ron sababli bekor qilingan. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Bekor qilingan aviareyslar orasida 28 ta xalqaro reyslar va 10 ta ichki reyslar bor.
Ma’lumotga ko‘ra, aeroportning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 10 foizga cheklash haqida qaror Favqulodda holatlar bo‘yicha meteorologiya qo‘mitasi (MADKOM) tavsiyasiga asosan qabul qilingan.
Istanbul xalqaro aeroporti mas’ullari bugungi reyslarda yana o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
So‘zni o‘ynatganga qoyil!
- Kecha, 16:02
- Mutolaa
Қизнинг бахти — отасининг соясида
- 15/12, 18:59
- Mutolaa