Xususiy aviakompaniya Samarqanddan Istanbulga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
- 25.05.2023 14:38
- 82
- Samarqand
"Qanot Sharq" aviakompaniyasi Samarqand xalqaro aeroportidan Istanbulga parvozlarni amalga oshiradi.
Joriy yil 1 iyunda “Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi Samarqanddan Turkiyaning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlarni amalga oshira boshlaydi.
Ushbu yo‘nalishda reyslar haftada uch marta seshanba, payshanba va shanba kunlari bajariladi. Samarqanddan uchish vaqti mahalliy vaqt bilan soat 7:00 ga belgilangan. Chiptalar olish hamda qo‘shimcha xizmatlar Samarqand xalqaro aeroporti kassalarida rasmiylashtiriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Parranda naslchiligi yo‘lga qo‘yiladi
- Kecha, 19:51
- Qishloq xo'jaligi
Yangilangan ziyoratgohda hayit namozi o‘qiladi
- Kecha, 11:51
- Samarqand
Ziyolilar nega gazeta o‘qimaydi?
- Kecha, 11:50
- Jamiyat