BAA aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
- 22.09.2020 18:45
- 46
- O‘zbekiston

BAAdan O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun «AIR ARABIA Abu-Dabi LLC» ruxsatnoma oldi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida imzolangan havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan «AIR ARABIA Abu-Dabi LLC» kompaniyasiga “Abu-Dabi–Toshkent–Abu-Dabi” yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun 2020 yil 9 sentyabrda 3-K sonli foydalanish ruxsatnomasi berilgan.
Aviakompaniya mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonga parvozlarni Airbus-320-214 havo kemalarida amalga oshirishini ma’lum qildi.
Teglar:
aviakompaniya
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bloger bo‘lmoqchiman!
- Kecha, 14:40
- Jamiyat
Taqdirmi yo tantiqlikning to‘lovi?
- 16/08, 21:47
- Mutolaa
Tramp va Putin: Alyaskadagi uchrashuv qanday o‘tdi?
- 16/08, 12:59
- Xorij