Yangi aviareys: "QAZAQ AIR" "Turkiston – Samarqand - Turkiston" havo qatnovini yo‘lga qo‘ymoqda

Parvozlar shu yilning 1 may kunidan boshlanishi rejalashtirilgan. Bu bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qayta yo‘lga qo‘yilib, yo‘lovchilarga ikki tarixiy markaziy shahar o‘rtasida qulay va tezkor parvozlarni amalga oshiradi.

Shaharlararo reyslar haftasiga ikki marta zamonaviy, qulay "De-Havilland Dash 8-Q400" laynerlarida quyidagi jadvalga muvofiq tashkil etiladi:

Payshanba kunlari:
Turkiston, soat 19:10 – Samarqand, soat 20:00
Samarqand, soat 21:00 – Turkiston, soat 21:50
Yakshanba kunlari:
Turkiston, soat 10:10 – Samarqand, soat 11:00
Samarqand, soat 12:00 – Turkiston, soat 13:00.

Bundan tashqari, Ostona, Qarag‘anda va Qo‘stanay yo‘lovchilari uchun Turkiston orqali qulay ulanish reyslari taqdim etiladi, bu esa sayohatni samarali rejalashtirish va sayohat vaqtini minimallashtirish imkonini beradi.

Masalan, payshanba kunlari:
Ostona, soat 16:15 – Samarqand, soat 20:00
Samarqand, soat 21:00 – Ostona, soat 01:30
Yakshanba kunlari:
Ostona, soat 07:25 – Samarqand, soat 11:00
Samarqand, soat 12:00 – Ostona, soat 15:30

“Yangi aviareys Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy, ishbilarmonlik va turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi, - deydi "QAZAQ AIR" boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Adilbek Umraliyev. - Turkiston va Samarqand bizning tariximiz va Markaziy Osiyoning eng qadimiy sanalgan bu shaharlari tomoshasi va zavqini bir vaqtning o‘zida his qilish imkoniyati yaratilmoqda. Ya’ni, endi samarqandlik mehmonlar Turkiston va Ostonaga, bu yerliklar esa Samarqandga  tez va qulay holatda tashrif buyurish imkoniyatiga ega".