O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi
- 07.12.2025 11:06
- 2
- Iqtisodiyot
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hajm 1 dekabr holatida aks etgan.
Noyabr oyida zaxiralar yana 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshdi. Noyabr oyida ular 503 mln dollarga ko‘payib, 1,52 mlrd dolarga yetgan.
Spot’ning aniqlik kiritishicha, regulyator AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarini xarid qilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yong‘indan ogohlik - xavfsiz hayot garovi
- 06/12, 14:15
- Samarqand