Markaziy bank kreditlar haqidagi ma’lumotlarni yashirgan 16 ta tijorat bankini jarimaga tortdi
- 26.10.2023 11:23
- 95
- Iqtisodiyot

Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tomonidan joriy yilning avgust-sentyabr oylarida tijorat banklari muassasalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy Bank Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘rganish davomida banklar tomonidan taklif etilayotgan kredit va omonatlar haqidagi axborotlar iste’molchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor qilinishi hamda bank kartalari orqali xizmatlar ko‘rsatilishi to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi holatlari aniqlandi.
Ushbu holatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 57-moddasiga muvofiq, 21 ta tijorat bankiga nisbatan chora qo‘llanilib, bunda 16 ta tijorat bankidan jarimalar undirildi hamda 5 ta tijorat bankiga ogohlantirish berildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ko‘zlarimga yosh keldi
- Bugun, 08:51
- Ta’lim
Buni ko‘rib qanday kulmaslik mumkin?
- Kecha, 19:50
- O'qing, qiziq!
Sohil bo‘yidagi ona
- Kecha, 19:47
- Mutolaa
O‘zbekning ovoziga e’tirof bu
- Kecha, 15:09
- Jamiyat