O‘zbekistonda har 100 kilometrga bittadan elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari o‘rnatiladi

Megavatt Motors va Ekologiya davlat qo‘mitasi O‘zbekistonda yashil transportni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, 2022-2023 yillarda Toshkent shahrining barcha tumanlari va viloyatlar markazlarida elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchalari o‘rnatiladi.

Stansiyalar butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatiladi. "Elektr yonilg‘i quyish shoxobchalari har 100 kilometrda turadi", deb va’da qilmoqda Megavatt Motors. Taxminiy xarajatlar 500 ming dollarni tashkil etadi, kompaniya hammasini o‘z mablag‘lari hisobidan to‘laydi.

Shu tarzda endi O‘zbekiston uchun Plugshare xaritasida 42 ta elektr stansiyasi mavjud deb ko‘rsatilmoqda. Ulardan 22 tasi poytaxtda, 4 tasi Toshkent viloyatida joylashgan. Samarqand, Qarshi, Namangan, Qo‘qon, Farg‘ona va Navoiy viloyatida ham stansiyalar ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, Ekologiya davlat qo‘mitasi davlat organlari ichida birinchilardan bo‘lib o‘z parkida elektromobillarga bosqichma-bosqich o‘tishni boshladi.