O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 518 bemordan 12 nafarining ahvoli og‘ir

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan bemorlar haqida ma’lumot berdi:

– Mamlakatimizda 13 may soat 10:00 ga qadar jami 2568 fuqaro koronavirus infeksiyasi bilan ro‘yxatga olingan. Ulardan 2040 nafari, ya’ni 80 foizi to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda davolanayotgan 518 bemordan 12 nafarining ahvoli og‘ir.

Hozirda 43 mingdan ziyod fuqaro karantinda bo‘lib turibdi. Ularning 14 mingdan ortig‘i statsionar sharoitda karantin tadbirlarini o‘tayapti.