O‘zbekistondagi top-5 muzey ma’lum qilindi: Ulardan ikkitasi Samarqandda

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 140 tani tashkil etgan. Muzeylarga 2023 yil davomida 5,7 million kishi tashrif buyurgan.

Mamlakatimizdagi eng ko‘p tashrif buyuruvchilarga ega bo‘lgan 5 ta muzey quyidagilar:

Registon ansambli – 1 010,8 ming kishi;
Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi – 1 006,6 ming kishi;
G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi tarkibidagi Shon-sharaf davlat muzeyi – 648,5 ming kishi;
Xiva Ichan-qal’a davlat muzey qo‘riqxonasi – 448,4 ming kishi;
Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi – 390,3 ming kishi.