O‘zbekistonlik fuqaro Rossiyadagi qurilish ob’yektida vafot etdi
Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasining ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yil 27 noyabr kuni qurilish ob’yektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi A.M. (1983 yil 27 oktyabrda tug‘ilgan) vafot etdi.
Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga oldi. Hamyurtimizning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.