O‘zbekistonliklar sentyabr oyida necha kun dam olishadi?

Eng avvalo, haftadagi ish kunlari soni dam olish kunlariga ta’sir qilishini unutmaslik kerak. Ya’ni, 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar sentyabr oyida 10 kun dam olishadi, haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar esa 6 kun dam olishadi.

Mustaqillik bayrami arafasidagi dam olish kunlari

Bayram arafasida haftasiga 5 kunlik ishlovchilar ketma-ket 4 kun, 6 kunliklar esa 2 kun dam olishadi. Jumladan, quyidagicha:

5 kun ishlovchi xodimlar uchun:

31 avgust – shanba;

1 sentyabr – yakshanba (bayram);

2 sentyabr – dushanba (qo‘shimcha dam olish kuni);

3 sentyabr – seshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni).

Izoh: 5 kunliklar 4 sentyabrdan ishga chiqishadi. Shuningdek, 7 sentyabr, shanba kuni ular uchun rasman ish kuni hisoblanadi.

6 kun ishlovchi xodimlar uchun:

1 sentyabr – yakshanba (bayram);

2 sentyabr – dushanba (qo‘shimcha dam olish kuni);

Izoh: haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar 31 avgust (shanba) hamda 3 sentyabr (seshanba) kunlari ishga chiqishlari lozim.