Pandemiya davrida tibbiyot xodimlariga 9 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berilmagani aniqlandi
Monitoring natijalariga ko‘ra, bugungi kunda jami 9 milliard 9 million so‘mdan ortiq mablag‘ tibbiyot xodimlariga to‘lab berilmagan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, pandemiya sharoitida tibbiyot xodimlariga belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berilayotganligi nazoratga olinib, monitoring olib borilmoqda.
Xususan:
- Qashqadaryo viloyatida 1 315 nafar xodimga 6,8 milliard so‘m (5,3 milliard so‘m to‘lab berildi),
- Samarqand viloyatida 694 nafar xodimga 838,7 million so‘m (426,5 million so‘m to‘lab berildi),
- Buxoro viloyatida 317 nafar xodimlarga 353,5 million so‘m,
- Sirdaryo viloyatida 741,2 million so‘m (633 million so‘m to‘lab berildi),
- Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 211 nafar xodimga 163 million so‘m (to‘liq undirildi),
- Jizzax viloyatida 27 nafar xodimga 36 million so‘m (to‘liq undirildi),
- Toshkent viloyatida 23 million so‘m,
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar xodimga 7,1 million so‘m (to‘liq undirildi) miqdorida belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berilmaganlik holatlari aniqlanib, ushbu holatlarga nisbatan ta’sir choralar ko‘rib borildi.