Parijlik o‘qituvchining o‘ldirilishida maktab o‘quvchilari ayblandi
- 27.11.2020 14:30
- 286
- Xorij
To‘rt nafar maktab o‘quvchisiga Parij yaqinida tarix fani o‘qituvchisi Samuel Patining o‘ldirilganligi to‘g‘risida ayblov e’lon qilindi. Bu haqda BFM TV xabar berdi.
Ulardan uch nafar balog‘at yoshiga yetmagan maktab o‘quvchilari “ko‘maklashganlikda” ayblanmoqda. Pati qotilligi bo‘yicha jami 14 kishiga ayblov e’lon qilingan.
BFM TVning ma’lum qilishicha, so‘nggi marta 22 oktyabr kuni yetti kishiga ayblov e’lon qilingan bo‘lib, ulardan ikki nafari balog‘at yoshiga yetmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 16 oktyabr kuni 18 yoshli Abdullah Anzorov o‘qituvchi Samyuel Patini Parij yaqinida o‘ldirdi. Keyinchalik esa o‘zi ham politsiya tomonidan otib o‘ldirildi. Qotillikka o‘qituvchining “So‘z erkinligi” darsida Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning karikaturalarini ko‘rsatganligi sabab bo‘lgan.