Samarqandda mehmonxonada topilgan 30 yoshli ayol murdasi ishi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqand shahridagi Temiryo‘l dehqon bozori oldidagi mehmonxonalarning birida qotillik ro‘y berganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, Samarqand shahri “Nurli yo‘l” mahallasida joylashgan mehmonxonada 30 yoshli ayolning murdasi bo‘yin sohasidan bo‘g‘ilgan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.