AQShda 2023 yilgi ilk qatl amalga oshirildi: Mahkum — qotillikda ayblangan transgender ayol

2003 yilda qotillikda ayblangan 49 yoshli transgender ayol Ember Maklaflin Missuri shtatida qatl etildi. Associated Press xabariga ko‘ra, bu AQShda transgender shaxsning birinchi qatl etilishidir.

Mahbusga shtat hukumati uning afv etish haqidagi iltimosini rad etganidan so‘ng 3 yanvar kuni kechqurun Potosi shahridagi axloq tuzatish markazida o‘lim jazosi in’yeksiya orqali amalga oshirilgan.

Afv etish xatida Maklaflin bolalik davridagi zo‘ravonlik va og‘ir ruhiy tushkunlik (dipressiya)dan aziyat chekkani, bu esa bir necha marta o‘z joniga qasd qilishga urinishlariga sabab bo‘lganini bayon etgan.

Maklaflin transgender bo‘lishdan oldin uchrashgan Beverli Gunter ismli dugonasini o‘ldirishda ayblangan. 2006 yilda hakamlar hay’ati Maklaflinni aybdor deb topgan, ammo unga jazo tayinlay olmagan. Yakunda o‘lim jazosini tayinlash to‘g‘risida sudya qaror qabul qilgan. Advokatlar bu qarorga qarshi chiqishga harakat qilishgan.

Yakuniy yozma bayonotida Maklaflin qilgan ishidan pushaymon ekanligini aytadi.

Amber Maklaflinning qatl etilishi 2023 yilda AQShda birinchi amalga oshirilgan o‘lim jazosi bo‘ldi. 1970 yillarda amaliyot tiklanganidan beri Qo‘shma Shtatlarda 1558 kishi qatl etilgan, ularning 17 nafari ayollar bo‘lgan, deyiladi o‘lim jazosiga qarshi markazning axborot bo‘limi ma’lumotida. Shu bilan birga, markaz o‘zining transgenderligini oshkora e’lon qilgan mahkumlarni qatl qilish holatlari haqida avval ma’lum bo‘lmaganligini ta’kidlaydi.