Parlament deputati o‘z okrugidagi holatni o‘rganyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yelena Kompolщik Samarkandda saylovchilar bilan turkum uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Deputat dastlab 1952 yilda 525 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan 8-maktabda bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, maktabda 2019 yil kapital ta’mirlash ishlari olib borilgan. Ayni paytda 755 o‘quvchi tahsil olayotgan maktab pedagog-xodimlari bilan suhbatda muassasa hududiga aholi xonadonlari juda yaqin joylashganligi ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’sir ko‘rsatayotgani, ba’zi noqulayliklar yuzaga kelayotganligi bildirildi. Shu bois pedagoglar maktab hududini devor bilan o‘rashda amaliy yordam so‘radi.
Deputat navbatdagi manzil - Samarqand shahridagi 1983 yilda qurilgan, 1572 bola o‘qiyotgan 64-maktab ta’mirga muhtojligi, markazlashgan kanalizatsiya tizimi yo‘qligiga guvoh bo‘ldi.
Ye.Kompolщik muammolar e’tibordan chetda qolmasligini, vakolati doirasida zarur choralar ko‘rishini saylovchilarga ma’lum qildi.
57-Sug‘diyona saylov okrugidan saylangan deputat bayramdan oldin mahsulotlar narxini oshirishga yo‘l qo‘ymaslik, narxlarning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishish, bozorda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish holatini o‘rganish maqsadida “Temir yo‘l dehqon bozori”da bo‘ldi.
Bu yerdagi savdo-sotiq jarayonlari bilan tanishgan Ye.Kompolщik “Temir yo‘l dehqon bozori” MChJ rahbari G‘ayrat Akobirovga zarur tavsiya va takliflarini bildirdi.
“Adolat” SDP viloyat kengashi axborot xizmati.