Parvoz tezligi bo‘yicha eng tez jonzotlar
“Fact Animal” ma’lumotlari va turli ilmiy tadqiqotlarga asoslangan quyidagi infografikada parvoz tezligi bo‘yicha dunyodagi eng tez hayvonlar ko‘rsatilgan. Reyting ikki tur - yuqori tezlikdagi parvoz shakli va gorizontal (tekis) parvoz tezligiga bo‘lingan.
Tezlik oshirish bo‘yicha lochinlar oilasiga mansub yirtqich sapsan qushi dunyodagi eng tezkor jonzot hisoblanadi: u soatiga 389 kilometr maksimal tezlikda ucha oladi. Shu bilan birga, bu qush gorizontal parvoz tezligi bo‘yicha yettinchi o‘rinni egallaydi.
Sapsanga qo‘shimcha ravishda tezlikni oshirish bo‘yicha uchta eng tez hayvonlar ham yirtqich qushlardir: bular burgut (soatiga 322 kilometr) va yirtqich qushlar turkumiga mansub - balabon lochin (soatiga 319 kilometr)dir.
Gorizontal parvozning maksimal tezligi bo‘yicha reytingda Meksika erkin dumli ko‘rshapalagi (Tadarida brasiliensis) va qizil ko‘krakli o‘rdak birinchi o‘rinni bo‘lib olishdi: ular tezlikni soatiga 161 kilometrgacha oshirishi mumkin.
Gorizontal parvoz tezligi bo‘yicha yetakchi o‘ntalikka quyidagilar kiradi: kaptar (soatiga 143 kilometr), baliqxo‘r yirik parranda - skopa (soatiga 129 kilometr), kulrang boshli albatros (soatiga 127 kilometr), qora jarqaldirg‘och (soatiga 113 kilometr), loyxo‘raklar otryadiga mansub - rjanka (soatiga 100 kilometr ) va qarg‘a (soatiga 97 kilometr).