Pashinyan lavozimidan aprelning so‘nggi o‘n kunligida ketishini ma’lum qildi

Armanistondagi siyosiy inqiroz mamlakat Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy mojarolarda Ozarbayjondan yengilganidan beri davom etyapti, deya xabar berdi tass.ru sayti. Inqiroz fevral oyi oxirida Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Pashinyanning iste’fosini talab qilgach, keskinlashdi.

28 mart kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bo‘lajak parlament saylovlari fonida iste’foga chiqishini e’lon qilgandi.

"Parlament kuchlari va Respublika Prezidenti o‘rtasidagi kelishuvga binoan, men aprel oyining so‘nggi 10 kunida iste’foga chiqaman", dedi siyosatchi.

Respublikada parlament saylovlari joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadi. Pashinyan Armaniston xalqi kimni tanlasa, o‘sha shaxsga hokimiyatni topshirishga tayyor. Lekin u saylovda o‘z nomzodini qaytarib olmoqchi emas.