Past Darg‘om tumani markazining bosh rejasi ishlab chiqiladi
Bu ishga xalqaro konsultantlar jalb qilinadi. Xo‘sh nimalar o‘zgaradi?
Birinchi navbatda Eski Juma mahallasida “Yangi O‘zbekiston” massivini tashkil qilish taklif qilinmoqda. Bu yerda 20 ta ko‘p qavatli uy-joy quriladi.
Uy-joylarning birinchi qavati va yerto‘lasida savdo va servis ob’yektlari tashkil etiladi. Eng muhimi, massivda maktab va bolalar bog‘chasi bunyod etiladi.
Bundan tashqari, Juma shahri infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 15,5 million dollarlik markazlashgan kanalizatsiya xizmati tashkil etish loyihasi amalga oshiriladi. Respublika byudjeti mablag‘lari asosida amalga oshiriladigan loyiha doirasida Juma shahrida kanalizatsiya xizmati bilan qamrov darajasi 100 foizga yetkaziladi.
Tumanning 35 ta mahallasiga elektr bilan ta’minlovchi "Juma" nimstansiyasi 20 ming xonadon hamda ko‘plab tadbirkorlik sub’yektlariga xizmat ko‘rsatadi.
Xizmat sifatini oshirish maqsadida nimctansiyadagi 2 ta 16 ming kVA kuchlanishli transformatorlar 40 ming kVAlik kuchlanishlilari bilan almashtiriladi.
Keyingi ikki yilga mo‘ljallangan rejada aholini uy-joyga bo‘lgan talabidan kelib chiqib, 12 gektar maydonda 55 ta (1384 xonadon) energiya tejamkor 5-7 qavatli uylar qurish ko‘zda tutilgan.
Rejada, shuningdek, hudud makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘sish sur’atlarini ta’minlash, sanoatda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish choralari ham belgilangan.