Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda 18 yoshli o‘spirin o‘limi yuzasidan tekshiruv boshlandi

2021 yil 15 may kuni Past Darg‘om tumani, “Yangiobod” mahallasida yashab kelgan 18 yoshli o‘spirin o‘z uyining yordamchi xo‘jalik xonasida o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Biroq, yaqinlari bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilmasdan, shu kuni mahalliy urf-odatlarni o‘tkazgan holda marhumni dafn etgan.

O‘spirin internetda avj olgan totalizator (qimor o‘yini dastgohi)da katta miqdorda pul yutqazib, boshqalardan qarz bo‘lib qolganligi sababli o‘z joniga qasd qilgani aytilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan 2021 yil 7 iyul kuni Past Darg‘om tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazishga kirishilib, hodisa haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘z vaqtida murojaat etilmaganligi yuzasidan tuman xalq ta’limi bo‘limi, obodonlashtirish bo‘limi, oila va mahallani qo‘llab quvvatlash bo‘limi va IIBga xizmat tekshiruvlari tayinlandi.