Past Darg‘omda “Ibrat” namoyish etildi

Past Darg‘om tumanidagi 65-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan kinolar namoyishi bilan davom etdi.
- Targ‘ibot tadbirlari davomida “Sharq yulduzi” kinoteatri hamkorligida kinofilmlar ham namoyish etyapmiz, - deydi “Respublika kinoprokat markazi” viloyat bo‘limi rahbari Farmon Roziqov. – Yurtimiz bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar “Ibrat” hamda “Bir yuz bir” nomli badiiy filmlarni katta ekranda tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldi. Ayniqsa, bu namoyish yoshi katta kishilarga zavq ulashdi. Ular katta ekranlarda kino ko‘rishni sog‘inganligini aytishdi.
Tadbirlar tumanning Shombuloq mahallasida davom etdi. “Yurt bayrog‘i – g‘ururim, iftixorim” mavzusidagi madaniy kechada taniqli, iste’dodli ijodkorlar Odil Ikrom va Oydinniso, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Nodira Saparova ishtirok etdi.
To‘lqin SIDDIQOV.