Past Darg‘omda kredit qarzdorligi uchun “ISUZU” avtomashinasi xatlandi
- 03.06.2024 11:19
- 104
- Iqtisodiyot
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining qaroriga asosan qarzdor N.A.dan undiruvchi "Davrbank" foydasiga 630 150 000 so‘m kredit qarz undirish haqidagi ijro hujjati MIBning Past Darg‘om tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Qarzdorning sud qarori ijrosini ixtiyoriy muddatda ta’minlanmaganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor boshqaruvida bo‘lgan "ISUZU" rusumli avtotransport vositasi 2024 yil 28 may kuni xolislar ishtirokida xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi.
Endi qarzdorlik tezda bartaraf etilmasa, xatlangan mulk auksion savdolariga qo‘yiladi.
Akbar Amirov,
MIBning Past Darg‘om tuman bo‘limi boshlig‘i.
Teglar:
MIB
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa