Paxtachida 300 nafardan ziyod yoshlar o‘zini o‘zi band qildi
Paxtachi tumanida Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Faxriddin Rahmatov yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tumandagi 3-sektorga qarashli 15 mahallada 35 ming 645 nafar aholi istiqomat qiladi. Olib borilgan ishlar natijasida 1054 nafar ishsizlik, 2352 nafar yoshning turli muammosi o‘rganilgan.
Uchrashuvda 3-sektor rahbari bu kabi muammolarga yechim topish maqsadida ularga 50 foiz subsidiya asosida 104 dona uskunalar tarqatdi.
Jumladan, xotin-qizlar uchun 50 dona tikuv mashinasi, 11 ta pishiriq pishiradigan pech, yoshlar uchun 14 ta motokultivator, 14 ta elektr payvandlash uskunasi, 3 ta plastmassa payvandlash uskunasi, 2 ta avtomashina yuvish uchun karcher berildi.
Shu bilan birga, imtiyozli kreditlar asosida xotin-qizlar uchun 70 ta tikuv mashinasi topshirildi. 164 nafar yoshlarga issiqxona qurish, parrandachilik, asalarichilik, novvoychilik, avtoustaxona uchun dastgoh olish, quyonchilik, chorvachilik, baliqchilik, bedanachilik yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli kreditlar ajratilib, tegishli korxonalar bilan shartnomalar imzolandi.
To‘lqin Siddiqov.