Paxtachi tumani hokimi o‘zgardi

Paxtachi tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, Paxtachi tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida to‘xtaldi.

Shundan so‘ng tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat rahbari Xushboqov Qayum Norbekovich nomzodini Paxtachi tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Q.Xushboqov tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Adiz Boboyev yangi hokimga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.