Paxtachida "zahri qotil" savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxs ushlandi
- 12.02.2023 12:37
- 90
- Jinoyat va jazo
Davlat xavfsizligi xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida giyohvandlik moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Paxtachi tumanida yashovchi fuqaro N.N. giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanayotganligi va xonadonida 3 kg. 143, 5 gr. “kannabis” giyohvandlik o‘simligi va 1 kg. 513,58 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasini (jami 4 kg. 657,08 gr.) saqlab kelayotganligi aniqlandi. Ushbu "zahri qotil"lar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Bu holat bo‘yicha ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.