Paxtachida 2 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasini sotayotganlar qo‘lga olindi
- 04.12.2023 10:29
- 100
- Jinoyat va jazo
1 dekabr kuni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat IIB hamkorligida giyohvandlikka qarshi kurash yo‘nalishida faol tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Paxtachi tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan N.A. mahalliy fuqaroga 600 gramm "marixuana" giyohvandlik vositasini 50 mln so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shuningdek, N.A.ning jinoiy sherigi – 1988 yilda tug‘ilgan O.X.ning uyida 1 kg. 800 gr. "marixuana" giyohvandlik vositasini saqlab kelinayotgani aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
O‘tkazilgan tadbir davomida, jami 2 kg 400 gr. “marixuana”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mutolaa. Zamonaviy jodugarning qaydlari. Hikoya
- Bugun, 19:17
- Mutolaa
Pangat - tog‘lar bag‘ridagi maskan
- Bugun, 18:37
- Mutolaa
Bir yigitga qirq hunar oz
- Bugun, 17:36
- Iqtisodiyot